Test qanday ishlaydi?
- Adaptiv qiyinlik: to'g'ri javob bersangiz — keyingi savol qiyinroq, xato qilsangiz — osonroq bo'ladi. Test 3-daraja savolidan boshlanadi.
- 12–15 savol: nazariy (ko'p tanlovli), taktika va endshpil masalalari aralash keladi. Taxtadagi masalalarda bitta imkoniyat bor.
- Natija: javoblaringiz qaysi daraja atrofida barqarorlashganiga qarab sizga 1–10 darajadan biri tavsiya etiladi.
- Vaqt chegarasi yo'q: bu attestatsiya emas — xotirjam o'ylang. Natija faqat yo'nalish beradi, darajalarni baribir ketma-ket topshirasiz.
10 daraja
"Piyoda qadami"dan "Grossmeyster yo'li"gacha — har biri o'z imtihoni va sertifikati bilan. Joylashtirish testi qayerdan boshlashni ko'rsatadi.